Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolar, tadbirkorlar va soha mutaxassislariga murojaat

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, tadbirkorlar va Sanitariya-epidemiologiya sohasi mutaxassislari!

Barchamizga ma’lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Davlatimiz rahbari ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini takror va takror ta’kidlashi bejiz emas.

Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashdir.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi va uning quyi tizimlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikka amal qilinib kelinmoqda.

Davlat xizmatchisi sifatida xodimlar bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat munosabatlarida lavozim majburiyatlari doirasida tuzilgan mehnat shartnomalariga o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik yuzasidan qator majburiyatlar kiritildi;

Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tizimlar orqali tanlovlar asosida amalga oshirish yanada takomillashtirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish masalalari” mavzularidagi maxsus “Onlayn” o‘quv-kurslarida xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.

Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda OAV va rasmiy veb-saytlarda yoritib kelinmoqda.

HURMATLI FUQAROLAR!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati  boshqarmasi va uning quyi tizimidagi muassasalar xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki ijtimoiy soha obektlarida xususan davolash-profilaktika hamda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, jumladan ruxsatnomalar va mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa olish jarayonida noqonuniy harakatlarni ko‘rsangiz, sezsangiz va guvoh bo‘lsangiz, boshqarmaning “ishonch telefoni”  (79)2203015 hamda 1354 qisqa raqamli aloqa tizimi orqali xabar berishingizni so‘raymiz!

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "ishonch telefoni" orqali qabul qilish haftaning dam olish  kunlari (shanba va yakshanba)dan tashqari  soat  8:00  dan 17:00 gacha  amalga oshiriladi.

Unda fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati  boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy hatti-harakatlar, shuningdek sohaga doir sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.

Agar berilayotgan ma’lumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda ma’sul xodim tomonidan uning xabari yuzasidan qayerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

Murojaatlar anonimligi va qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda muddatida ko‘rib chiqiladi.

Boshqarmaga bog‘lanish uchun:

Ishonch telefoni (79)2203015

Qo‘shimcha ravishda qisqa raqam 1354 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Veb sayt – https://sanepidnavoiy.uz 

Telegramm kanal - https://t.me/sanepid_navoiy 

Facebook -dagi aloqa kanali - https://www.facebook.com/sanepid.navoiy 

Zafar Azimov

Boshqarma boshlig‘i


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni