O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan kirib kelishini, shuningdek, tabiiy o‘choqli hududlardan kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha sanitariya – epidemiologiya nazoratini ta’minlovchi va ma’muriy hududda karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshiruvchi hududiy boshqarma tarkibiga kiruvchi bo‘lim hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa huquqiy – normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya–epidemiologiya qo‘mitasining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga,shuningdek Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi o‘z faoliyatini boshqarma boshlig‘iga, boshliqning birinchi o‘rinbosariga va Sanitariya–epidemiologiya qo‘mitasining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limiga bo‘ysinuv asosida olib boradi.
Bo‘limda umumiy rahbarlikni bo‘lim mudiri amalga oshiradi.
Viloyat SEO va JS boshqarmasi O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limio‘z faoliyatini viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.