Boshqarmaning bolalar va o‘smirlar masalalariga taaluqli sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga qaratilgan asosiy prinsiplarini ta’minlagan holda, tashkiliy-uslubiy ishlarni olib boradi va tuman/shaharlardagi soha mutaxasisslariga rahbarlik qiladi.
Atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga, ovqatlanish sharoitini yaxshilashga, o‘qish, mehnat qilish tartibi va sharoitlarini, jismoniy tarbiya va dam olishni yaxshilashga qaratilgan majmuaviy chora-tadbirlar hamda qator tashkiliy tadbirlarni joriy etish asosida bolalar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy asoslarini yaratadi.
Ta’lim-tarbiya muassasalarini rejalashtirish, joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirishda ularning bolalar salomatligiga zararli ta’sirini oldini olish tadbirlarini belgilaydi.
Bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi sharoitlarini sanitariya qoida, me’yorlar va gigienik normativlarga mos kelishi ustidan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini tashkil etadi.