Bakteriologiya laboratoriyasi

O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi bakteriologiya laboratoriyasi epidemiologik ahamiyatga ega bakterial etiologiyali yuqumli va infeksion kasalliklarini oldini olish, qisman tashhis, hamda  kasallik aniqlanganida uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik harakatlarini laborator tekshiruvlarini bajarish orqali epidemiologiya va sanitariya bo‘limlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Bugungi kunda bakteriologiya laboratoriyasida – atrof muhitdan surtmalar, ichimlik suvi, ochiq suv havzalari, oqova suvlar, markazlashmagan suv havzalari, cho‘milish basseynlari, tuproq namunalari, oziq-ovqat namunalari, davolash-profilaktika muasssasalaridan shifoxona ichi infeksiyasini oldini olishga qaratilgan sanitar bakteriologik tahlillari, burun va halqumdan bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal, meningokokkli meningit, tillarang stafilakokk infeksiyasiga profilaktik va diagnostik tahlillari, ichak guruhi infeksiyalarini oldini olish profilaktik tahlilari, noma’lum etiologiyali isitmalayotgan va boshqa bemorlardan gemokulturaga qon va axlat, zaruratga ko‘ra peshob, o‘t suyuqligi  namunalari  boshqa turdagi tahlillar o‘tkazib kelinmoqda.


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni