Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun javobgarlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun javobgarlik bugungi qonunchiligimizdagi tartib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.