KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda bu illatga qarshi kurashish har birimizning muhim burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda “Baxs Navoiy” Advokatlar hay’ati mas’ul xodimi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari va barcha xodimlari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlari xodimlari “Online” tarzda ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i B.Rustamov, “Baxs Navoiy” Advokatlar hay’ati mas’ul xodimi G‘.Imomqulovlar bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish respublikamizda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurgani, korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda unga qarshi kurashish har birimizning muhim vazifamiz ekanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tishdi.

Davra suhbati davomida yurtimizda bugungi bu borada olib borilayotgan ishlar, mazkur illatni bartaraf etishning qonuniy asoslariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni