Korrupsiyaviy hatti-harakatlarning oldini olishlariga qaratilgan maxsus o‘quv kursi tashkil etildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi bilan hamkorlikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bo‘limlari bosh hisobchilari uchun joriy yilning 24-25 iyul kunlari navbatdagi maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o‘quv kursidan ko‘zlangan asosiy maqsad Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida Moliya-iqtisod, buxgalteriya va marketing sohasi faoliyati davomida turli noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, korrupsiyaviy hatti-harakatlarning oldini olishlariga qaratilgan.

Mazkur o‘quv kursida 

1. O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ul xodimlari;

2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mas’ul xodimlari,

3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman/shahar bo’limlari bosh hisobchilari ishtirok etishdi. 

Davlat xaridlarida davlat buyurtmachisi sifatida xaridlarni amalga oshirishda;

1. auksion va elektron do‘konda ishtirok etish;

2. eng yaxshi takliflarni tanlash va tender;

3. to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni joylashtirish tartib-qoidalari yuzasidan mutaxassislar va xodimlar o‘rtasida atroflicha fikir almashinildi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni