Qizamiq - qanday kasallik?

Qizamiq virusi keltirib chiqaradigan, toshmali yuqumli kasallik. Havo tomchilari orqali odamdan odamga o‘tadigan juda yuqumli infeksiya hisoblanadi. Virusning inkubatsiya davri 10-14 kun. Eng yuqumli davr simptomlar boshlanishidan ikki kun oldin va toshma boshlanganidan to‘rt kun o‘tgach deb hisoblanadi. O‘tgandan so‘ng, u umrbod immunitet hosil qiladi.1-3-kunlar orasida: yengil yoki yuqori isitma, quruq yo‘tal, burun va ko‘zlarda qizarishlar. 4-8-kunlar oralig‘ida: Yuqori isitma (39°-40  °C). Toshma quloq orqasidan yuzga, so‘ngra qo‘l va oyoqlarga tarqaladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, u bir xil tartibda yo‘qolishi va o‘z o‘rnida vaqtinchalik rang o‘zgarishini qoldirishi mumkin.

Ko‘z konyunktivasining (ko‘zning oq qismini qoplaydigan membrana) yallig‘lanishi  paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘zlar yorug‘likka sezgir bo‘lib qoladi.

Qizamiq boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkinmi?

Qizamiq infeksiyasi sil infeksiyasining qayta faollashishiga, pnevmoniyaga, bo‘yin limfa tugunlarining yallig‘lanishiga, o‘rta otit (o‘rta quloqning yallig‘lanish), va miyaning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Qizamiq qanday davolanadi?

Bemorni 10 kun davomida izolyatsiya qilish lozim.

Harorat pasayguncha yotoqda dam olish kerak.

Shikoyatlar uchun davolash qo‘llaniladi. Og‘riq qoldiruvchi vositalar, antipiretik va yo‘tal siroplaridan foydalanish mumkin.

Bakteriyalar tufayli asoratlar rivojlanmasa, antibiotik davolash muolajasi o‘tkazilmasligi kerak.

Qizamiq bilan kasallangan bola bilan aloqada bo‘lgan odamlarga (masalan, oila a’zolariga) gamma-globulin yuborish orqali kasallikning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirish mumkin.

Qizamiqni qanday oldini olish mumkin?

Milliy emlash taqvimi asosida 1 yosh (12 oylik)da vaksinatsiya hamda 6  yoshda qayta emlash revaksinatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kizamiq vaksinasi o‘tkaziladi.

Qanday vaziyatlarda shifokorga murojaat qilish kerak?

Farzandingiz qizamiq bilan kasallangan va yo‘tal yoki balg‘am tobora kuchayib bormoqda. Bunday holda, virusli pnevmoniya rivojlangan bo‘lishi mumkin.

Agar farzandingiz qizamiq bilan kasallangan bo‘lsa va toshma boshlanganidan keyin bir hafta davomida doimiy uyquga moyil bo‘lsa, bezovta bo‘lsa va asabiylashsa. Bunday holda, miya yallig‘lanishi rivojlangan bo‘lishi mumkin.

Farzandingiz qizamiq bo‘lsa, shuningdek eshitish yoki quloq og‘rig‘i bo‘lsa. Bunday holda, otit(quloqning yallig‘lanish) rivojlangan bo‘lishi mumkin.

 

Xidirova Charos Shokirovna

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat

salomatligi  qo‘mitasining  Navoiy viloyat

boshqarmasi  immunoprofilaktika bo‘limi vrachi

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni