Leyshmanioz kasalligi va profilaktikasi

Leyshmaniozlar iqlimi iliq-issiq bo‘lgan o‘lkalarda tarqalgan. Bu kasalliklar guruhini leyshmaniylar keltirib chiqaradi. Iskabtopar chivinlari tashuvchi bo‘lib, chaqish yo‘li bilan yuqtiradilar.

Kasallikning yuqish yo‘llari va keltirib chiqaruvchi omillari:

Visseral leyshmanioz bilan uy hayvonlaridan itlar, yovvoyi hayvonlardan esa bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki va jayron;

Teri leyshmaniozi bilan  turli mayda kemiruvchilar, cho‘l va yarim cho‘llarda yashovchi qizil dumli qumsichqonlari, tipratikanlar va boshqalar kasallanadi;

Kasallik alomatlari:

Teri leyshmaniozining o‘ziga xos belgisi shuki, hashorat chaqqan joyda uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan yara qoladi;

Visseral leyshmaniozida bemorning ichki a’zolari, jumladan jigar, taloq hamda suyak ko‘migi zararlanadi.

Ko‘riladigan choralar:

Kasallikning ilk belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etilishi hamda uning tavsiyalari asosida davo-muolajalarini olish kerak.

Profilaktik tadbirlar:

Kasallik manbalari hisoblanadigan leyshmanioz bilan kasallangan daydi itlarni yo‘qotish. Veterinariya  xodimlari tomonidan itlarni muntazam tekshirilib turilishi;

Kasallik tashuvchi iskabtoparlarga qarshi kurashish maqsadida, xonadonlar ikki qayta insektitsidlar bilan may-iyul oylarida zararsizlantirish ishlarini olib borish;

Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarni, ayniqsa, odamlar yashaydigan hovli atroflarini toza tutish;

Uy yaqinida xo‘jalik hamda maishiy chiqindilarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Xonadonlardan chiqqan hamma chiqindilar o‘z vaqtida maxsus joylarga tashib olib ketilishini yo‘lga qo‘yish;

Iskabtoparlar va hashoratlar ko‘paymasligi uchun kir o‘ralar, hojatxonalar doimo yopiq holda saqlash;

Xonadonlar va xo‘jaliklardagi pollarning tirqishlari ochilib qolishiga yo‘l quymaslik;

Iskabtoparlar ko‘payishi va ularning kunduzgi yashaydigan joylarni, xo‘jalikka yaqin joydagi kemiruvchilarni yo‘qotish va ularning inlarini ko‘mib tashlash;

Yertula va molxona, tovuqxonalarni tez-tez tozalab turish;

Odamlar yashaydigan joylarda radiusi 1-1,5km gacha bulgan masofadagi, kemiruvchi xayvonlar inlarini zaharli insektitsidlar bilan dorilash. Endemik o‘choqlarda ishlaydigan odamlarga maxsus kremlardan surtish va chivin chaqmasligi uchun pashshaxonalardan foydalanish tafsiya kilinadi.

 Iroda Rajabova

Viloyat SEO va JS boshqarmasi

parazitologiya bo‘lim vrach entomologi

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni