Bezgak qanday kasallik

Bezgak o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, anofeles - bezgak chivinlari chaqishi natijasida yuqadi. Bezgak parazitini tashuvchi chivinlar ko‘l, hovuz, qamishzorlar, zovurlar, suv omborlari, hamda sholi ekiladigan maydonlarda ko‘payadi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili 200 mln.dan ortiq odam bezgak kasalligiga chalinib, 800 ming.dan ortiq kishi nobud bo‘ladi. Bezgak kasalligi O‘zbekistonda tugatilgan bo‘lib, 2018 yilda bu to‘g‘risida JSSTning sertifikatini olgan. 

Kasallik alomatlari: Kasallikning kechishida 3ta davr kuzatiladi;

1. Et uvishish qaltirash davri. Bunda bemor sovuq qotadi, eti uvishadi, qattiq qaltiraydi. Qalin o‘ranib yotishga harakat qiladi. Bemorning boshi qattiq og‘riydi. Bu davr yarim soat davom etadi.

2. Isitma chiqish davri. Bemorning tana harorati 38-41oS gacha ko‘tariladi. Bolalarda tirishish (sudorogi) holati bo‘lishi mumkin.Bu davr o‘rtacha 3-6 soat davom etadi.

3. Terlash davri. Bemor qattiq terlaydi. Bu davrda bemorning isitmasi tushadi, ahvoli yengillashadi.

Isitma yoki bezgak xuruji kasallikning turiga qarab, har bir, ikki va uch kunda takrorlanib turadi. O‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, kasallik 1-3 oygacha davom etishi mumkin. Kasallik davomida organizmda immunitet yani parazitga qarshi kurashuvchi moddalar hosil bo‘ladi. Bu immunitet barqaror emas, yani bezgakni qayta yuqtirishi mumkin. Homilador ayollarda bezgak juda og‘ir kechadi. Kasallik homilaning tushishiga, bolaning vaqtidan oldin, o‘lik, juda kichik vazn bilan yoki o‘ta nimjon bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi.

Ko‘riladigan choralar:

Agar et uvishish, titrash, tana harorati ko‘tarilishi kabi holatlar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish, shu bilan birga agar bezgak tarqalgan o‘choqlarda bo‘lgan bo‘lsa, bu haqda shifokorga albatta aytish kerak.

Profilaktik tadbirlar:

Bezgak eliminatsiyasi yo‘lidagi vaziyat nazoratga olingan. Kasallikni oldini olishga davlatimiz alohida etibor qaratib kelmoqda. Bezgak kasalligini tugatishda jamoatchilikni jalb qilish hal qiluvchi omildir. Shu maqsadda aholi o‘rtasida qo‘yidagi tadbirlarni:

Aholini bezgak kasalligi bo‘yicha sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha keng miqyosida sanitariya targ‘ibot ishlarini olib borish;

Chivinlar ko‘payadigan joylarni yo‘q qilish, suv havzalarini tozalash, suvni istemol qilish qoidalariga rioya qilish, keraksiz suv havzalarini paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Xorijiy davlatlarga borib kelgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va hududiy davolash profilaktika muassasalariga xabar berish;

Kasallikni mahalliy aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish uchun fermer xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan sholi ekish uchun ajratilgan maydonlarni aholi yashash joylaridan 2-3 km uzoqlikda rejalashtirish;

Ko‘p qavatli binolar yerto‘lalarining sanitariya-texnik holatini yaxshilash;

Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash, keraksiz suv havzalarini yo‘qotish;

Barcha odamlar, ayniqsa go‘dak bola va homilador ayollarni chivinlar ko‘payadigan pallada, yani quyosh botishi va chiqishi oralig‘ida chivinlar chaqishidan himoya qilish maqsadida pashshaxonalar ichida uxlashlari;

Chivinlarni uyga kirmasligi uchun yashash xonalarning deraza va eshiklariga to‘r parda, doka yoki kataklari 2 ml.dan kam bo‘lgan sintetik to‘r tutish;

Chivinlar, hashoratlarga qarshi maxsus aerozollardan foydalanish va bu jarayonda ko‘rsatmalarga qatiyamal qilish;

Xonadan tashqari holatlarda esa, badanning ochiq joyini qoldirmay kiyinish kerak bo‘ladi;

Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda agrotexnika va sanitariya-gidrotexnika qoidalariga amal qilinishi bezgak chivinlarining keskin kamayishiga va respublikamiz hududida bezgak kasalligi tarqalishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. 

Bezgak kasalligini oldini olish ishlari umumjahon ofati ekanligi, bezgak kasalligini oldini olish, bezgakka chalingan bemorlarni davolash  mumkinligi kabi tadbirlarni  keng ko‘lamda olib borish maqsadida har yili 25 aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni deb belgilangan.

 

Iroda Rajabova

parazitologiya bo‘limi vrachi

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni