O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-243-sonli qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-243-sonli qarori asosida 2030 yilga kelib O‘zbeksitonda virusli gepatit C infeksiyasining eliminatsiyasiga erishish maqsad qilingan bo‘lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun 2023 yilda 56 240 nafar aholini virusli gepatitning B va C turlariga skriningdan o‘tkazilishi belgilangan.

2024 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra tekshirilshi lozim bo‘lgan aholining 94,90 foizi yoki 53 400 nafarga yaqin aholi gepatitning B va C turiga skrining testlardan o‘tkazilgan.

Tekshirilgan aholining 2,6 foizida virusli gepatit V va 2,84 foizida virusli gaptitning S turi aniqlangan.

Tezkor usulda tekshiruvlarda musbat natija aniqlangan bemorlarni keyingi tasdiqlovchi tekshiruvlar va davolash tadbirlari bilan qamrab olinmoqda.

Viloyatda skrining natijalariga ko‘ra virusli gepatit C turiga musbat aniqlangan shaxslarning 1138 nafar bemorlar tasdiqlovchi PZR tekshiruvidan o‘tkazilgan. PZR tekshiruvida kasallik tasdiqlangan 750 nafarga yaqin bemorlar dispanser nazoratiga olinib, MISR davlatidan kelitirilgan virusga qarshi dori vositalari bilan ta’minlanmoqda.

Bundan tashqari virusli gepatining V turi aniqlangan bemorlarning qonidagi virus yuklamasini aniqlash uchun miqdoriy PZR tahlili o‘tkazilmqoda.

Virusli gepatit aniqlangan bemorlarda jigar saratonini erta aniqlansh maqsadida bir qancha onko markerlarga tezkor usulda tekshiruv yo‘lga qo‘yilgan.

Aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar ayniqsa virusli gepatitlarga qarshi profilaktik chora tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.


Abdullayeva Zulfizar

Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi boshqarmasi 

Epidemiologiya bo‘limi epidemiolog vrachi yordamchisi

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni