Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sil (tuberkulyoz) — o‘pka va boshqa a’zolarga ta’sir qiluvchi, havo orqali yuqadigan xavfli yuqumli kasallikdir.
✅ Vaqtida tekshiruvdan o‘ting – Har yili rentgen yoki ftorografiya qildirish muhim.
✅ Emlash (BCG vaksina) – Bolalik davrida qilinadigan emlash silga qarshi asosiy himoya vositasidir.
✅ Sog‘lom turmush tarzi – To‘g‘ri ovqatlanish, sport va dam olish immunitetni mustahkamlaydi.
✅ Xona havosini tozalash – Doimiy shamollatish mikroblarni kamaytiradi.
✅ Yo‘tal va holsizlikni e’tiborsiz qoldirmang – Uzoq davom etgan yo‘tal, kechasi terlash va ozib ketish belgilari bo‘lsa darhol shifokorga murojaat qiling.
✅ Kasallanganlar bilan ehtiyot bo‘ling – Sil bilan og‘rigan bemor bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik va niqob taqish zarur.
Mutaxassislar ogohlantiradi:
Sil erta aniqlansa, to‘liq davolash mumkin!