Chang bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Sanepidqo‘mita chang bo‘roni vaqtida nimalar qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi. Ko‘chada kamroq bo‘lish, niqob taqish, tomoq va burunlarni chayish hamda chang zarralari binolarga kirishi mumkinligini yodda tutish tavsiya etilmoqda.

“Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik — derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin”, — deyiladi qo‘mita xabarida. 

Tavsiyalar: 

 • Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;

 • Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;

 • Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);

 • Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;

 • Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;

 • Ustki kiyimlarni (kostum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;

 • Nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;

 • Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;

 • Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash;

 • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.

 • Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:

 • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish kerak.

 • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar);

 • Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi;

 • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;

 • Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;

 Xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish lozim.

 

Ma'mura Nurullayeva

Viloyat SEO va JS boshqarmasi Mehnat gigiyenasi bo‘limi

sanitariya vrach yordamchisi 


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni