"Hamshira-2023" ko‘rik-tanlovi g’oliblari

Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, aholi salomatligini yaxshilash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, faoliyatida yuksak yutuqlarga erishib kelayotgan hamshiralarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, o‘z kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishiga imkoniyat yaratish, o‘z kasbiga nisbatan hurmat va faxr tyyg‘usini shakllantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirish va "Xalqaro hamshiralar kuni" kasb bayrami munosati bilan "Hamshira-2023" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchilari, "Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi" ko‘rik-tanlovi nominatsiyasining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni ko‘lga kiritgan o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlarini hamda aholiga malakalitibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan o‘z kasbining mohir egalaribo‘lgan hamshiralarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

"Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi" ko‘rik tanlovining "Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi o‘rta tibbiyot xodimi" nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qiziltepa tuman bo’limi sanitariya vrach yordamchisi Xolboyev Umid faxrli 2-o‘rin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi parazitolog vrach yordamchisi Turayeva Maktuba Saydullayevna faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni