Assalomu alaykum, qadrli yoshlar!
Yorqin kelajak egalari!
Bugun ayni imkoniyatdan foydalanib, viloyatimizning barcha yoshlarini 30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Yurtimizda kechayotgan har-bir o‘zgarish, islohotlarning natijadorligi, yuksalish va farovonlikda Siz azizlarning ham hissangiz borligini eslatib o‘tishdan baxtiyorman. Ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, qonuniy huquq-manfaatlarini ta’minlash, farovon jamiyat qurishda ishtirokini ta’minlash biz kattalarning vazifalarimizdan biri. Yoshlarni kasbga o‘rgatish, ularni ish o‘rinlari bilan ta’minlash, nufuzli xalqaro universitetlarda o‘qitish, tashabbuslarini quvvatlash davlat darajasidagi ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Biz, yoshi kattalar, albatta Sizlarning timsolingizda mamlakatimiz ertangi kunini ko‘ramiz. Shunday ekan, zamonaviy bilim, raqobatbardosh kasblarni mukammal o‘zlashtirib, hayotda o‘z o‘rningizni mustahkam egallashingiz, ona-Vatanimizning porloq kelajagini ta’minlash, orzularingiz ro‘yobini ko‘rish yo‘lida hormang, deymiz. Bu qutlug‘ yo‘lda sizlarga hamqadam, hammaslak va yelkadosh bo‘lamiz!
Aziz yoshlar!
Millatning oltin fondi!
Bugungi bayram bilan qutlar ekanman, barchangizga oydin yo‘l, tinchlik va xotirjamlik, tuganmas quvvat, salomatlik tilayman! Baxt va omad yor bo‘lsin!