Aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik
O‘zbekiston «Adolat» SDP hamda Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy va reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida konferensiya, seminar-trening va davra suhbatlarini tashkil etish, tibbiyot xodimlari orasida siyosiy faollik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga oid tadbirlarni o‘tkazish hamda sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bu hamkorlik, jamiyatning barqaror rivoji va sog‘lom kelajagi yo‘lida muhim qadam sanaladi.