Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan yuksak g‘oya yo‘lida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi borasidagi mehnatlaringiz har qanday e’tirofga loyiq.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi borasida yuqori marralarga erishishda Sizning fidokorona mehnatingiz, kuch-g‘ayratingiz, bilim va tajribangizga tayanamiz.
Sizlarni yana bir bor Mustaqillik bayrami bilan samimiy qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik tilayman!
Jannatmakon O‘zbekistonimiz yanada yuksalishi yo‘lida olib borayotgan fidokorona ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Baxtiyor Rustamov,
O‘zR SSV huzuridagi SEOvaJSQning
Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i