TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Hurmatli Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlari!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda xalqimiz salomatligini asrash va mustahkamlashdek sharafli ishga o‘z hayotini bag‘ishlab, Sanitariya-epidemiologiya tizimida fidokorona xizmat olib borayotgan barcha tibbiyot xodimlarini qutlug‘ ayyom – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Oliyjanob kasb egalari bo‘lmish tibbiyot xodimlari har qanday vaziyatlarda inson salomatligi uchun kurashib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotganliklari alohida e’tirofga molik. Ayniqsa, o‘tgan yillar butun dunyo tibbiyot xodimlari uchun sinovli va mashaqqatli yil bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat shifokorlar zimmasiga katta mas’uliyat yukladi.

Ana shunday murakkab va sinovli kunlarda Sizlar o‘z hayotingiz va sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, kasallikning tarqalishini oldini olish, yurtimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga munosib hissa qo‘shdingiz. 

Sanitariya-epidemiologiya sohasi mamlakat rivoji yo‘lidagi qay bir jabhani olib qaramang barchasida ishtiroki bor. Bu ishlarni bajarishda Sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlarining hissalari, jamoamizning yakdilligi, hamjihatlikda qilayotgan zahmatli mehnatlari muhim o‘rin tutmoqda.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining salomatligini muhofaza qilish, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida ham fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelmoqdasiz. Sanitariya-epidemiologiya tizimida xizmat qilayotgan Sizdek jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlarimizning o‘rni beqiyosdir.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor samimiy tabriklab, mas’uliyatli va sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni