“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasida sohaning ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, boshqarmada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Dastavval boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Namozov poraxo‘rlik illatlari sohalar taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi eng katta g‘ov ekanini qayd etib, uni oldini olishning samarali usullaridan biri tarmoqqa zamonaviy kompyuter texnologiyalari, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil bo‘limi mudiri Hayitboy Koymokov boshqarma faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada jadallashtirish, keyingi yillarda bu borada hayotga tadbiq etiladigan yangilanish va islohotlar haqida, sohada qanday amaliy chora-tadbirlar qilinayotganiga, shuningdek, boshqarma faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, poraxo‘rlik va tanish-bilishchilikni oldini olish borasida ishlab chiqilgan mexanizmlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni