Bugun Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Adliya boshqarmasi bosh yuriskonsulti P.O‘roqov korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, amalga oshirilgan ishlar, korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olish mavzusida ma’ruza va taqdimot o‘tkazdi.
“Ochiq eshiklar kuni”da O‘zA viloyat muxbiri A.Bo‘riev, viloyat Jurnalistlar ijodiy uyushmasi yetakchi mutaxassisi D.Sarmanova, “Navoiy ziyosi” gazetasi tahririyati muxbiri M.Sharipova hamda mahalliy blogerlar ishtirok etib, savollariga to‘laqonli javob olishdi.