Aholi va soha xodimlariga murojaati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafar Azimovning viloyatimiz aholisi va soha xodimlariga

MUROJAATI:

Hurmatli hamkasblar!

Aziz navoiyliklar!

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha berilgan topshiriqlarni viloyat sanitariya-epidemiologiya tizimida ijrosini ta'minlashga mening rahbarligimda barcha xodimlar mas'uldir.

️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq qo‘yuvchi jiddiy ijtimoiy xavf. Shu bois, Navoiy viloyatida ham sanitariya-epidemiologiya tizimini korrupsiyadan xoli, ochiq va shaffof, xalqchil tizimga aylantirish maqsadida bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔊  Jumladan, qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o‘zida jamlagan Yuqumli kasalliklar epidemiologik monitoringi axborot tizimi (https://ykem.sanepid.uz), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining nazorati ostidagi ob'yektlarda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashmagan, javobgarlik, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni belgilamasdan, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutmasdan, ular uchun asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib kelmaydigan holda sanitariya-epidemiologiyaga oid qonunbuzilish xavfini tahlil etish (https://risk-ses.sanepid.uz) elektron tizimi viloyatdagi barcha hududiy bo‘limlarda  ishga tushirildi.

️ Bundan tashqari, Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida (https://vacancy.gov.uz) xodimlarni ishga qabul qilishda raqamlashtirilgan yangi tizim ishga tushirilgani korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

️ Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida har bir muassasaga kirish qismida “Ishonch telefonlari” va boshqa profilaktik materiallar joylashtirildi.

️ Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining (79)2203015 ishonch telefoni orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Yozma va og‘zaki murojaatlar mas’ullar tomonidan tezkor o‘rganilib, qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

🔎 Shu bilan birga, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, profilaktik tadbirlar va ochiq muloqotlar OAV va boshqarmaning veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam yoritib borilmoqda.

🌐 Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida:

Facebook'dagi rasmiy sahifamiz: http://www.facebook.com/sanepid.navoiy  

Telegram kanali: https://t.me/sanepid_navoiy  

Veb-saytimiz: http://sanepidnavoiy.uz  orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

️Aholi mazkur platforma va kanallar orqali rasmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, onlayn murojaatlar yuborishi hamda ta’magirlik yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini zudlik bilan xabar qilishi mumkin.

️Hurmatli fuqarolar! Aziz hamkasblar!

💎 Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu faqat boshqarma yoki mas’ul idoralar emas, balki har bir yurtdoshimizning vijdon ishidir. Barchangizni tizimda shaffoflik va adolat muhitini ta’minlashda hamkorlikka chaqiraman. Har bir murojaat qisqa muddatlarda muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rilishini kafolatlayman.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishonch telefonlari:

️ Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasi: (79) 220-30-15

️ Sanepidqo‘mita: 1354

️ Sog‘liqni saqlash vazirligi: 1203

️ Sog‘liqni saqlash boshqarmasi: 1103

 

Zafar Azimov,
Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni