RASMIY MUNOSABAT

Ushbu holat yuzasidan bugun Navoiy viloyat va Karmana tuman SEO va JS bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra Karmana tumanidagi 2-Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab atrofida 1 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi, 3 ta oziq-ovqat savdo do‘konlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu tadbirkorlik sub’yektlari  tadbirkorlik sub’yekti bo‘lganligi sababli tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha vakil “Biznes-Ombudsman” dan tekshirish o‘tkazish uchun ruxsat olingandan so‘ng batafsil munosabat berilishini ma'lum qilamiz.

Shuningdek, Karmana tuman SEOvaJS bo‘limi xodimlari tomonidan Karmana tuman hududida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalari,  savdo do‘konlarida, shujumladan 2-Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab atrofida joylashgan barcha savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shaxobchalarida ham “Ovqatdan zaharlanishni oldini olish”, “Botulizm” kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha eslatma materiallari tarqatilgan holda   sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinayotganligini ma'lum qilamiz.

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni