Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini yanada takomillashtirish, korrupsiya holatlarini tizimli tahlil qilish,  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan tashkil etilayotgan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” nomli profilaktik tadbir o'tkazilmoqda.

Joriy yilning 19 aprel kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasida “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarmaning barcha ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Husenov ochib berdi.

Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mutaxassisi Z.Boboyeva tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining tashkil etilganlik holati, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusida, Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish masalalarimavzusidagi maxsus malaka oshirish kursida ishtirok etganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi boshqaruvi bilan hamkorlikda Sanepidqo‘mita tizimidagi bosh hisobchilar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etilganligi to‘g‘risida;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi tahlilqilinib, 2023 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari e’lon qilinganligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha  davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023 yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshikurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilgani, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholangani va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi 81 ball bilanYaXShI natijaga erishilganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng taklif etilgan Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mas'ul mutaxassisi Sh.Abduraxmonov tadbir ishtirokchilariga mutaxassislarning o‘z mansab yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, undan shaxsiy yoki o‘zgalar manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoxud nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni