O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 41-bandida davlat xizmatchilarining yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida onlayn o‘quv kurslarini tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha onlayn o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, mazkur kurs yakuni bo‘yicha elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan 2025-yil 7-martga qadar boshqarma va quyi tizimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha onlayn o‘quv kurslarida (yuborilayotgan elektron o‘quv qo‘llanma asosida) o‘qib o‘zlashtirib, sertifikat olishlarini so‘rab qolamiz.