O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda quyidagi mavzularda maxsus chuqurlashtirilgan “Onlayn” o‘quv kursi tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz:
1.Davlat xizmatchilari uchun “Davlat xizmatida halollikni ta’minlash” mavzusida masofaviy maxsus o‘quv kursi
Davomiyligi: 24 soat.
2.Davlat xizmatiga ishga qabul qilingan xodimlar uchun “Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida masofaviy maxsus o‘quv kursi
Davomiyligi: 36 soat.
3.Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish” mavzusida masofaviy maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kursi
Davomiyligi: 24 soat.
4.Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali ishlashini ta’minlash” mavzusida masofaviy maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kursi
Davomiyligi: 36 soat.
5.Davlat xizmatchilari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish” mavzusida masofaviy maxsus o‘quv kursi
Davomiyligi: 12 soat.
6.Mahalliy ijro hokimiyati organlarida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun “Mahalliy ijro hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida masofaviy maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kursi
Davomiyligi: 36 soat.
Shu munosabat bilan boshqarma va quyi tizimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni onlayn o‘quv kurslarida o‘qib o‘zlashtirib, sertifikat olishlarini so‘rab qolamiz.