QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGINI OLDINI OLISH BO‘YICHA FUQAROLARGA ESLATMA

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi chorva mollarida uchraydigan kanalar chaqishi natijasida, shuningdek qo‘l bilan kanani terish va ezib o‘ldirish hamda qo‘y-echkilar junini qirqish jarayonida odamlarga yuqadi. Bemorlar o‘z vaqtida shifoxonaga murojaat qilmasa, kasallik og‘irlashib, ayrim holatlarda o‘lim bilan tugashi mumkin.

Ushbu kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, yuz, bo‘yin, ko‘krak sohasi terilarida, ko‘z sklerasida qizarish, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, boshning peshona qismida og‘riq, belda, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, holsizlik, keyinchalik tashqi va ichki organlardan (burundan, milklardan, oshqozon-ichaklardan, bachadondan) qon ketish kabi klinik belgilar bilan kechadi. 

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini yuqtirib olmaslik uchun  quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

·      xonadon egalari vaqti-vaqti bilan qaramog‘idagi chorva mollarida hamda qirqim oldidan qo‘y-echkilarda kana bor-yo‘qligini albatta tekshirib ko‘rish kerak;

·        chorva mollarida kanalar borligi aniqlansa, darhol veterinariya xizmati xodimlarini chaqirib, ular tomonidan chorva mollarini hamda molxona va qo‘yxonalarni kanaga qarshi dezinseksiya vositalari yordamida ishlov berishni tashkil etish zarur;

·        qo‘ylar junini qirqish ishlariga xotin-qizlar, yosh bolalar va o‘smirlarni jalb etish mumkin emas;

·        qo‘y junini qirqishda mustahkam matodan tikilgan, tananing hamma joyini berkitib turadigan maxsus kiyim-bosh, rezina etik, qo‘lqop kiyib, himoya ko‘zoynaklari taqqan holda veterinariya xizmati tomonidan amalga oshirilishi kerak;

·        kanalarni qo‘l bilan terish, ushlash va ularni ezib o‘ldirish mumkin emas.

 

Kana chaqqanda, qo‘y junini qirqish vaqtida kanadan qon sachraganda, kanani qo‘l bilan ezib o‘ldirish holatlari aniqlanganda hamda o‘zingizda kasallikning yuqorida ta’kidlangan belgilarini sezsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!

Kana chaqishidan extiyot bo‘lish - bu Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligidan saqlanish demakdir!

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni