Virusli gepatit A

Virusli gepatit Akasalligi bolalar o‘rtasida uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan jigar to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan kechadi, ushbu kasallikka asosan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar chalinadi.

Bugungi kunda viloyatimizda Virusli gepatit A kasalligi bo‘yicha epidemiologik beqaror vaziyat saqlanib turibdi, ushbu kasallik bilan kasallanish holatlari viloyatimizning deyarli barcha shahar, tumanlari, shu jumladan, Navoiy va Zarafshon shaharlari, Navbahor, Nurota, Konimex, Qiziltepa, Tomdi va Uchquduq tumanlarida ortmoqda.

Gepatit A kasalligiga qarshi emlash 94-98% holatlarda kasallik yuqishining oldini oladi va emlashdan keyin jiddiy asoratlar kuzatilmaydi. JSSTning ushbu vaksinani xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bo‘lib, vaksinatsiya bir marotaba  qo‘llaniladi, qayta emalsh talab etilmaydi.

Virusli gepatit A ksaalligiga qarshi asosan 18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi va 15 yilgacha bo‘lgan muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi.

Joriy yilning o’tgan 7 oyi davomida jami 8878 nafar bolalar Virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlangan.

Hurmatli ota onalar farzandlaringizni shu va shunga o‘xshash yuqumli kasalliklarni yuqtirib olmasligi uchun avvalo ularni shaxsiy gigiyenaga o‘rgating va ularni ushbu kasallikka qarshi o‘z vaqtida emlating.

Har bir ota ona o‘z farzandining salomatligi uchun javobgarligiini unutmang!

Abdullayeva Zulfizar

Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi boshqarmasi 

Epidemiologiya bo‘limi epidemiolog vrachi yordamchisi

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni