Gepatit C kasalligi — alomatlari, sabablari, tashhislash, davolash, oldini olish

Gepatit C — antroponoz virusli kasallik, HCV sababli jigarning yallig’lanishidir.

Kasallikning ikki kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali.

O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi.

Taxminan 50 — 80% bemorlarda kasallik keyinchalik surunkali shaklga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va infektsiya tashuvchisiga aylanadi.

Epidemiologiya

Dunyoda 150 millionga yaqin odam gepatit C bilan surunkali infektsiyalangan va jigar sirrozi yoki saratoni xavfi ostida. Har yili 350 mingga yaqin bemor HVC bilan bog’liq jigar kasalliklari tufayli vafot etadi. Har yili 3-4 million kishi virus bilan infektsiyalanadi.

Gepatit C qanday yuqadi

Infektsiya manbai kasalligi faol yoki latent (virus tashuvchilari) bo’lgan bemorlar hisoblanadi. HCV infektsiya perenteral zararlanish mexanizmi bo’yicha yuqadi — infektsiyalangan qon va uning tarkibiy qismlari, shuningdek erkak urug’i va qin ajralmalari (3% atrofida).

Gepatit C jisniy aloqa orqali yuqishi ehtimoli gepatit B dagiga nisbatan kamroq va deyarli minimal ko’rsatkichlarga teng. 20% hollarda kasallik qay tarzda yuqganligi aniqlanmaganligicha qoladi. Infektsiya manbai sifatida eng xavfli toifa surunkali gepatit C bilan kasallangan bemorlar sanaladi.

Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990-yilga qadar virus odatda qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, chunki donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.

Virusning yuqishi ba’zan infektsiyani nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari virusni sog’lom insonga nosteril asboblar qo’llash orqali yuqtirishi mumkin.

Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmagan holatdagi chora sifatida qaraladi.

Gepatit C alomatlari

Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlar seziladi.

O’tkir shaklida

O’tkir bosqichda 65% bemorlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq ifodalana boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta namoyon bo’lishda davom etadi. Ular:

  • Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda;


  • Siydik rangining to’q bo’lishi;


  • Axlatning rangsizligi (oqimtir);


  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);


  • Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi;


  • Charchoq;


  • Yengil isitma va titroq;


  • Mushaklar, bo’g’imlardagi og’riq;


  • Ishtaha yo’qolishi;


  • Kayfiyatning tezda o’zgarishi.

Surunkali bosqichda

Surunkali bosqichda bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydi. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki «yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada jigar sirrozi va yallig’lanishi bilan birga faol surunkali gepatit rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, yetishmovchiligi va saratoni (gepatosellyulyar saraton) rivojlanishi, hatto o’lim sodir bo’lishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari:

  • Zaiflik va charchoq;


  • Ko’ngil aynishi;


  • Ishtaha yo’qolishi;


  • Mushak va bo’g’imlardagi og’riq;


  • Vazn yo’qotish.

Surunkali shakli jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar kuzatilishi mumkin:

  • Siydik rangining to’q bo’lishi;


  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);


  • Qichish;


  • Suyuqlik to’planishi tufayli qorindagi shishlar, oyoq shishishi;


  • Qonli qayt qilish;


  • Qorindagi umumiy og’riqlar.
SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni