Gripp va yuqori nafas yo‘llarining boshqa o‘tkir respirator kasalliklari profilaktikasi

Gripp o‘tkir yukumli virusli kasallik bo‘lib yuqori nafas yo‘llarini zaharlanishi bilan harakterlanadi.

Gripp kasalligiga mavsumiylik xos, asosan kuz-qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Ushbu mavsumlarda kasallikning ortishiga havo haroratining pasayishi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarining ko‘pligi, organizmdagi vitaminlar tanqisligi, xonalardagi odamlar zich yashashi sabab bo‘ladi.

Gripp viruslarni tarqatuvchi asosiy manbai gripp bilan kasallangan bemor odam bo‘lib, u kasallikning 2-3 kunlarida atrofidagilar uchun juda xafli bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha xavo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bemor aksa urganda, yo‘talganda, gaplashganda so‘lak tomchilari bilan gripp viruslarini atrof-muxitga tarqatadi.

Gripp bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi, ayniqsa zaif (nimjon) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan hamda tamaki chekuvchi shaxslarga tez yuqadi va ularda og‘irroq o‘tib, ko‘pgina og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Kasallik et uvishishi, tana haroratining (39-40 0S gacha) ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riqlar bilan boshlanadi. Keyinchalik tanglay murtaklarni qizarishi, bosh aylanishi, ishtahasizlik, burun  bitishi, og‘riqli yo‘tal kuzatiladi. Bu holat 2-7 kungacha davom etib, davo muolajalari hamda yaxshi parvarish qilinsa, bemor o‘zini yaxshi his qila boshlaydi.

Xalq orasida “grippning o‘zi emas, balki uning asorati yomon” degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zilar gripp kasalligiga e’tiborsizlik bilan qaraydilar, ya’ni oyoqda yurib o‘tkazadilar yoki o‘zlari bilganicha noto‘g‘ri davo muolajalarini qiladilar. Bunday holatlarda kasallikning asoratlanishi:

  O‘pka to‘qimalarni yallig‘lanishi (Zotiljam),

  Miya pardasining yallig‘lanishi (Meningit),

  Miya pardasini va moddasining yallig‘lanishi (Meningoensefalit),

  Quloqning yallig‘lanishi (Otit),

  Burun yondosh bo‘shliqlarning yallig‘lanishi (Sinusit) kabi og‘ir asoratlar kuzatiladi.

 Kasallikni oldini olish choralari:

  Uyushgan jamoalarda (maktab, konsert zallari, ish joylari, kinoteatrlar, umumiy transport vositalari) 4 qavatli dokadan tikilgan niqobda yurish tavsiya qilinadi. Yashash xonalarini vaqti-vaqti bilan shamollatib, isiriq tutatib turish kerak bo‘ladi;

  Ko‘proq ochiq havoda sayr qilish;

  Grippga qarshi  vaksina bilan emlash,

  Gripp kasalligiga qabul qilinadigan davo muolajalari faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra bo‘lishi kerak,

  Oilada biror kishida gripp kasalligiga shubha bo‘lganda uni ishga, maktabga, maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga, jamoat joylarga yubormaslik. Bemorni atrofdagilardan aloxidalash,

  Yashash xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatish, isiriq tutatish tavsiya etiladi,

  Har bir shaxs kun tartibiga rioya qilish, harakatli mashqlar bajarish, tanani quyoshda toblash shuningdek, suv muolajalari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish,

  Meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qilib turish,

  Mavsumga mos kiyinish,

  Gripp kasalligi bilan kasallangan bemorlarga va sog‘lom insonlarga suyuqliklar (malina, smarodina, limon va asal qo‘shilgan choy, issiq sut, na’matak damlamasi ichish tavsiya etiladi.

Kundalik turmushda yuqorida aytib o‘tilgan tavsiyalarga  amal  qilinsa, har birimiz  gripp kasalligini oldini olishda o‘z  hissamizni  qo‘shgan  bo‘lamiz va o‘zimizni va atrofdagi hamyurtlarimizni gripp hamda yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir respirator xastaliklaridan asragan bo‘lamiz.

Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang, o‘zingizni ehtiyot qiling, zero sog‘lik eng bebaho ne’matdir!

Gulbahor Raxmatillayeva
Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi
OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni