“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Unda Sanepidqoʻmita Navoiy viloyat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Sh.Namozov, boshqarma tarkibiy tuzilmasi mudirlari, shahar Adliya boʻlimi xodimi L.Mirjonov, Navoiy shahar huquqiy masalalar byurosi bosh mutaxassisi K.Suyarovlar ishtirok etdi. Shuningdek, viloyatdagi OAV vakillari, blogerlar, axborot agentliklarining viloyat muxbirlari qatnashdi.
Tadbirda korrupsiyaning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlar, sohada olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2025-yildagi PF-71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati to‘g‘risida yuzasidan maʼlumotlar berildi.