OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA BOLALAR SOG‘LIGI – USTUVOR MASALA!

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limi shu kunlarda ayniqsa dolzarb bo‘lgan mavzu: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish, autsorsing tizimi, brakeraj komissiyalarining vazifalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etdi.

Konimex tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan tadbirda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hamshiralari, oshpazlari qatnashdi. A.Tursunov autsorserlar va davlat buyurtmachisi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar, monitoring guruhi ish faoliyati, brakeraj komissiyasining mas’uliyati xususida aniq misollar asosida tushuntirishlar bergan bo‘lsa, O.Xudoyberdiyeva yagona mavsumiy taomnoma, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, tayyorlanish texnologiyasiga qo‘yiladigan talablar xususida ma’lumotlar berdi. 

Ishtirokchilar 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur yo‘nalishdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni