Sut mahsulotlarining xavfsizligiga sanitariya talablari

Sut — insonning hayot faoliyatida muhim o‘rin tutadigan, yuqori oziq-ovqat qiymatiga ega bo‘lgan mahsulot. Birovi to‘yishi, birovi esa sog‘lom turmush tarzini saqlashi uchun sut mahsulotlari asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ammo, sut mahsulotlarining xavfsizligi, ularning sanitariya talablariga mosligi har doim asosiy ahamiyatga ega.

“Sut mahsulotlarining xavfsizligi”

Sut mahsulotlarining xavfsizligi — bu ularning odamlar salomatligiga zarar yetkazmasligini ta’minlash jarayoni. Sut mahsulotlari faqatgina oziq-ovqat sifatida emas, balki ulardagi patogen mikroorganizmlar, toksinlar va ximik moddalarning mavjudligi bilan ham bog‘liq. Shuning uchun, sutni ishlab chiqarish va saqlash jarayonlari sanitariya talablariga mos kelishi shart.

“Sanitariya talablari”

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi sanitariya talablari amalga oshirilishi kerak:

1. “Sutning sifati”: Sutni sog‘ib olish jarayonida hayvonlar sog‘lom bo‘lishi, ularni veterinariya nazorati ostida saqlash kerak. Hayvonlarning ozuqalari, ularning sog‘lomligi va sanitariya sharoitlari tekshirilishi lozim.

2. “Texnik jarayon”: Sutni ishlab chiqarish jarayonida sanitariya normalariga rioya qilish, texnologik jarayon gigiyenik talablarga muvofiq bo‘lishi zarur. Idishlarga qadoqlash, saqlash va transportda tashish jarayonida sanitariya normalariga qat’iy rioya qilish muhim.

3. “Saklash sharoitlari”: Sut mahsulotlari sotuvga tayyor holatga keltirilgandan keyin ularning saqlanishi uchun mos sharoitlar mavjud bo‘lishi shart. Sutning harorati, muhit sharoitlari va ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish kerak.

4. “Sanitariya nazorati”: Sut mahsulotlari doimiy ravishda laboratoriyalarda tekshirilishi, fizik-ximik ko‘rsatgichlari, ulardagi patogen mikroorganizmlar va toksinlarni aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishi kerak.

5. “Sanitariya o‘quv kurslari, targ‘ibot va tushuntirish”: Fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun sanitariya talablari va xavfsizlik bo‘yicha ta’lim dasturlari tashkil etilishi muhim. 

Xulosa:

Sut mahsulotlarining xavfsizligi va sanitariya talablariga mosligi har bir fuqaro uchun muhim ahamiyatga ega. Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida yuqori sanitariya talablariga rioya qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish va odamlar salomatligini ta’minlashga yordam beradi. Shuning uchun, har birimiz o‘zimizdan boshlab, sanitariya talablariga rioya qilishimiz va bu boradagi bilimlarimizni oshirishimiz kerak. Basharti sut mahsulotlari xavfsizligi talablariga rioya qilinmas ekan, salomatlik uchun muhim ozuqa emas balki yuqumli va boshqa kasalliklarni manbasi bo‘lib qolish ehtimoli yuqoridir.

 

Akbar Tursunov

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi 

ovqatlanish gigiyenasi bo‘linmasi mudiri   


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni