Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi bir nechta yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etilgan. Endilikda yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringi elektron tizimga o‘tkazildi.
YKEM - Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi – bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish.
Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi platformasida axborotni tezkor va sifatli ravishda yetkazilishi ta’minlanadi, yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tarqalib ketishi oldini olishga xizmat qiladi.
Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasida Navoiy, Zarafshon shahri hamda Tomdi, Qiziltepa tumani mutaxassislari uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bosh mutaxassisi U.Mirzayev, “Uzinfocom” tashkiloti mutaxassisi D.Eshonqulov hamda Sanepidqo’mning Navoiy viloyat boshqarmasi epidemiologiya bo’limi mudiri U.Komilov, AKT bo’yicha yetakchi mutaxassisi Z.Boboyevalar amaliy seminar o‘tkazmoqda.