TEZKORLIK, ANIQLIK, IZCHILLIK

YKEM - Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi – bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish.

Ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va almashinish jarayonlarini raqamlashtirish har qanday turdagi hodisalarni nazorat qilish va tahdidlarning oldini olishda tezkorlik, aniqlik va izchillikni kuchaytirish hamda hududlararo va tarmoqlararo axborot almashinuvining samarali ishlashini ta’minlashga yordam beradi. Xabarlarning onlayn rejimda tezkorlik bilan to‘ldirib jo‘natilishi, yuqumli kasalliklar reyestri ma’lumotlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi. 

Epidemiologik tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat qilinadi. 

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan amaliy seminarda ana shu muhim masalalarga atroflicha to‘xtab o‘tilmoqda. 

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ul xodimi U.Mirzayev, “Uzinfocom” tashkiloti mutaxassisi D.Eshonqulov hamda Sanepidqo’mning Navoiy viloyat boshqarmasi epidemiologiya bo’limi mudiri U.Komilov, AKT bo’yicha yetakchi mutaxassisi Z.Boboyevalar tomonidan  Navoiy, Zarafshon shahri hamda Tomdi, Qiziltepa tumani mutaxassislari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni