Yuqumli kasalliklarga qarshi hamkorlikda kurashamiz!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan aholi o‘rtasida epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida tibbiyot xodimlari o‘rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi, tashxisoti va davolash usullari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday seminarlardan biri havo – tomchi orqali yuqadigan kasalliklardan  bo‘lgan meningokokk infeksiyasi hamda bugungi kunda respublikamizda, jumladan viloyatimizda ham qayd etilayotgan qizamiq kasalligi holatlarining aholi o‘rtasida keng tarqalishini oldini olish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Sanepidqo‘mita Navoiy shahar, Karmana, Navbahor, Nurota, Qiziltepa  va Xatirchi tuman bo‘limlari epidemiologlari, shuningdek, viloyat davolash profilaktika muassasalari bosh vrach o‘rinbosarlari, gospital epidemiologlar hamda shahar va tumanlarning bosh infeksionisti va bosh pediatrlari ishtirok etishdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarbek Husenov ochib, bugungi kundagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ishtirokchilarga Meningogokk infeksiyasi, Qizamiq kasalligi  etiologiyasi, epidemiologiyasi, yuqish yo‘llari bo‘yicha viloyat yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionisti O‘.Musayev, sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarma mutaxassislari U.Komilov, D.Sayfullayev hamda Navoiy shahar bo‘limi N.Tashovalar tomonidan ma’ruza qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘laqonli javob berildi,  o‘quv seminari ko‘tarinki ruhda, bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi.

 

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi AXBOROT XIZMATI

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni