Keyingi yillarda ko‘plab sohalarda axborot almashinuv, boshqaruvda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘zaro ma’lumotlar almashishda tezkorlikni ta’minlash borasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini unumli qo‘llash ijobiy natija bermoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida joriy yilning 2-4-iyul kunlari Toshkent shahridagi “MILAN HOTEL” mehmonxonasida "Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari bilan o‘z vaqtida aloqa qilish sifatini oshirish uchun raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish” mavzusida o‘quv-seminari boshlandi. Unda Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri U.Komilov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Z.Boboyevalar qatnashmoqda.