YUQUMLI KASALLIKLARNI ELEKTRON MONITORING (YKEM) AXBOROT TIZIMINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida yuqumli kasalliklarni elektron monitoringi axborot tizimi yaratildi.

Mazkur tizim orqali tibbiyot birlashmalari va sanepidqo‘mita tizimi xodimlari o‘rtasida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Bu esa o‘z navbatida biron-bir hududda kasallik aniqlansa, kasallikning tez tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.

Kasallik aniqlanishi holatini monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimiga kiritilsa butun respublika xabardor bo‘lishi va ehtiyot choralarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Bunday axborotlashgan tizim aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Navoiy shahridagi “Kamilla” mehmonxonasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan seminar maqsadi – aynan “Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi” (YKEM) axborot tizimini amaliyotga kiritishdir.

YuKEM ATni amalga oshirish samaradorligi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda bu boradagi davlat siyosati va qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda elektron axborot tizimi shakllantiriladi;

potensial o‘choqlarni aniqlash va baholash, epidemiologik monitoring va respublikadagi yuqumli kasalliklarning tabiy o‘choqlarida epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaffoflik (100%) ta’minlanadi;

qo‘mita tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun respublika hududidagi yuqumli kasalliklar o‘choqlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni olish samaradorligi oshiriladi (100%);

yuqumli kasalliklarning epidemiologik faolligini keng miqyosda monitoring qilish imkoniyatiga o‘tish ta’minlanadi;

yuqumli kasalliklar, shuningdek, texnogen yoki tabiy ofatlar tarqalishining real tahdidi yuzaga kelgan taqdirda o‘z vaqtida javob qaytarish imkonini oshiradi;

yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ilg‘or metodologiyalar, standartlar va amaliyotlarni elektron axborot tizimi orqali joriy etish ta’minlanadi;

epidemiologik vaziyat bo‘yicha olingan ma’lumotlarni (kun, hafta, oy, chorak natijalari bo‘yicha hisobotlarni) to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha qo‘mita xodimlarining ish yuklamasi hajmi qisqaradi;

yangi ishlab chiqilgan “Yuqumli kasalliklarni elektron monitoring axborot tizimi”ning ishga tushirilishi, bir vaqtning o‘zida xabar yetkazish vaqtini (onlayn tarzda) qisqartirish, qog‘oz sarf qilishni tejash va yuqumli kasalliklar o‘chog‘idagi epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini erta belgilash hamda amalga oshirish imkonini beradi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni