YKEM AT (YUQUMLI KASALLIKLARNI ELEKTRON MONITORING AXBOROT TIZIMI) AMALIYOTGA KIRITILMOQDA

Joriy yilning 21-22-23-iyul kunlari Toshkent shahridagi “MILAN HOTEL TASHKENT” mehmonxonasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida Sanepidqo’m tizimi mutaxassislari ishtirokida yuqumli kasalliklarni elektron monitoringi axborot tizimi yaratildi axborot tizimi (YKEM AT)ni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar treningda Sanepidqo’mning Navoiy viloyat boshqarmasidan epidemiologiya bo’limi mudiri Umidjon Komilov va AKT bo’yicha yetakchi mutaxassis Zarifa Boboyevalar ishtirok etib, sertifikat olishdi.

Yuqumli kasalliklarni elektron monitoringi axborot tizimi orqali tibbiyot birlashmalari va sanepidqo‘mita tizimi xodimlari o‘rtasida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Bu esa o‘z navbatida biron-bir hududda kasallik aniqlansa, kasallikning tez tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.

Kasallik aniqlanishi holatini monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimiga kiritilsa butun respublika xabardor bo‘lishi va ehtiyot choralarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Bunday axborotlashgan tizim aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni