Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 36-oilaviy poliklinikada virusli gepatit A hamda yuqumli ichak kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik maʼruza tashkil etildi.
Tadbir davomida kasalliklarning yuqish yo‘llari, ularning oldini olish choralari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil tavsiyalar berildi va mavzu yuzasidan eslatma varaqalari tarqatildi.
Sanepidqoʻmita Uchquduq tuman boʻlimi axborot xizmati