Tibbiyot xodimlari kuni munosabati va Kasaba uyushmalari 120-yilligiga bag‘ishlab Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati tizimi xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Karmana tumanidagi “Makon stadion” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan tadbir ko‘tarinki ruhda va tengsiz kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi.
Viloyat, tuman hamda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlaridan tarkib topgan guruhlar o‘zaro kuch sinashdi. Do‘stona ruhda o‘tgan sport tadbiri Hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezonlari asosida boshqarib borildi.
O‘yin natijasiga ko‘ra viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi 1-o‘rin, Navoiy shahar bo‘limi 2-o‘rin, Xatirchi tuman bo‘limi 3-o‘rinni ishg‘ol qilishdi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i Z.Azimov, kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi B.Ravshanovlar topshirdi.