O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini muhokama qilish va kelgusida ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi hamda Bosh prokuror rahbarligida 2025-yil 24-oktabr kuni videokonferensiya aloqa tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyati boshqarmasi va uning tuman/shahar bo‘limlari boshliqlari, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim mudirlari hamda mutaxassislar Navoiy viloyati prokuraturasi majlislar zalidan ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda nazorat inspeksiyalarining faoliyatini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ahvoli muhokama qilindi.
Tabirda Bosh prokuror so‘zga chiqib, nazorat-tekshiruv idoralarining bugungi kundagi faoliyatiga oid dolzarb vazifalar ijrosi, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda faoliyatdagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni qamrab oluvchi “chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat Rahbari tomonidan qo‘yilayotgan vazifalar ijrosi yo‘lida barcha kuch va vositalar safarbar etilishi kerakligi qayd etildi.