Oromgohlar faoliyati doimiy nazoratda!

 

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va sohaga aloqador boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat doimiy ishchi guruh tomonidan viloyatdagi yozgi oromgohlarda muntazam, har bir smenada o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda ham ishchi guruh tomonidan ayni vaqtgacha 2 marotaba o'rganish ishlari amalga oshirilib, ushbu monitoring jarayonida oromgohlarning sanitariya holati, oziq-ovqat xavfsizligi, bolalar salomatligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda oromgohlardagi tadbirlar sifati atroflicha tahlil qilindi.

Olib borilgan o'rganishlar yakunlari viloyat hududiy komissiyasi huzurida muhokama qilindi hamda mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar oromgohlardagi bolalarning mazmunli, xavfsiz va sog‘lom dam olishini ta’minlashga xizmat qiladi.


 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni