XALQARO AEROPORTDA PROFILAKTIK SEMINAR

Navoiу viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan yuqumli kasalliklarning oldini olish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 7-oktabr kuni Navoiy xalqaro aeroportida ishchi-xodimlar ishtirokida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, epidemiologik hushyorlikni kuchaytirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda xalqaro yo‘nalishlar orqali kasalliklar kirib kelishi xavfini barvaqt aniqlash, ehtimoliy xavflarni kamaytirish va zarur sanitariya-epidemiologik choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

     


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni