Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi sanitariya-gigiena laboratoriyasi tashabbusi bilan “Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida” seminar o‘tqazildi.
Seminarda Navoiy viloyat boshqarmasi, shahar va tuman sanitariya-gigiena laboratoriyalari mutaxasisslari ishtirok etishdi.
Viloyat sanitariya-gigiena laboratoriyasi mudiri B.Do‘stov seminar o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Vrach-laborant S.Eshmuradova shovqinning inson organizmiga ta’siri to‘g‘risida mavzuni ishtirokchilarga yoritib o‘tdi.
Viloyat sanitariya-gigiena laboratoriyasi vrach-laborantlar va laborantlar tasliqlangan kun tartibi asosida laboratoriya tahlillarni ko‘rsatib berishdi.
Seminar davomida sohaga oid berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi, o‘tkazilgan seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi AXBOROT XIZMATI