Bugungi kunda respublikamizda xalqaro darajadagi konferensiyalar tez-tez bo‘lib, unda tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish bilan birgalikda qo‘shni davlatlardagi epidemiologik vaziyat va ularning tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bilim va mahoratlarini amalda qo‘llab kelmoqdalar.
Sanepidqo‘mita va “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha Yevropa Osiyo jamiyati” bilan birgalikda xalqaro darajadagi “O‘tkir respiratorli infeksiyalar, gripp va gepatitlarni tashhislash, davolash va oldini olishning murakkab va hal etilmagan masalalari” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo maktab-konferensiyasida Navoiy viloyat boshqarmasi epidemiologiya bo‘limi mudiri U.Komilov va Zarafshon shahar bo‘limi epidemiologiya va immunologiya bo‘limi mudiri A.Quvondiqovlar ishtirok etishdi.
Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.