DIAREYA-YENGIL KASALLIK EMAS!

Diareya-yuqumli oshqozon-ichak kasalligi bo‘lib, bu kasallik mikroblar ta’sirida yuzaga keladi. Diareyaning bakteriyali va virusli turlari bor.

Bakteriyali turi solmonellyoz, dizenteriya,  ichak tayoqchasi, shartli patogen - mikroorganizmlarning tanada muvozanati buzilishi tufayli yuzaga keladi.

Virusli turi esa oziq-ovqat va havo orqali yuqadi.

BOLAGA KASALLIK QANDAY YUQADI?

Ifloslangan qo‘l;

Ifloslangan o‘yinchoqlar;

Toza bo‘lmagan ovqat idishlari, shisha va so‘rg‘ichlar;

Sifatsiz yoki uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar;

Qaynatilmagan suv;

Pashshalar orqali;

Yuvilmagan meva-sabzavotlarni iste’mol qilish natijasida.

Kasallik asosan:

Ichning qayta-qayta suyuq kelishi, qorin og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, isitmaning ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi.

Ushbu kasallikka asosan, ko‘krak suti bilan emas, balki ayrim hayvonlar suti yoki quritilgan sut aralashmalari bilan ovqatlanayotgan bolalar ko‘proq chalinadi. Ayniqsa kamqonlik, raxit, yod tanqisligi bor bo‘lgan bolalarda kasallikka bo‘lgan moyillik ko‘proq kuzatiladi.

DIAREYA NIMASI BILAN XAFLI?

Ichning suyuq ketishi natijasida bola ko‘p suyuklik yo‘qotadi va bu bilan ko‘plab oziq moddalar chiqib ketadi. Bola organizmida suvsizlanish va oziq moddalarning yetishmovchiligi natijasida, tana a’zolari faoliyatining keskin buzilishi uning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Diareyaga chalingan bolaga uy sharoitida qanday yordam berish mumkin?

Bolaga ich ketish holati boshlanishi bilanoq suvsizlanishning oldini olishga harakat qiling. Buning uchun unga odatdagidan ko‘proq suyuqlik ichiring.

Suyuqlik sifatida;

Regidron eritmasi;

Oddiy qaynatilgan suv;

Guruch qaynatmasi;

Anor po‘stlog‘ining damlamasi;

Kefir;

Gazlanmagan mineral suv berishingiz mumkin.

Bolaga suyuqlikni oz-ozdan va tez-tez (har 5-7 daqiqada) ichirib turing. Birdan ko‘p suv ichirmang, bola qayd qilishi mumkin. Agar bola qayd qilsa, suyuqlik ichirishni 10 daqiqa to‘xtatib turing, so‘ng yana davom ettiring. 

Har bir ich ketishda, agar bola 2 yoshgacha bo‘lsa, yarim stakandan, 2 yoshdan katta bo‘lsa 1 stakandan ichirib turing. Bolani oz-ozdan lekin tez-tez ovqatlantirib turish zarur. Agar bola ko‘krak emadigan bo‘lsa, uni odatdagidan ko‘ra ko‘proq va uzoqroq emizing. Boshqa sut yoki quruq sutli aralashmalar bilan ovqatlantirilayotgan bo‘lsa uning ovqatlanishini odatdagidek davom ettirishingiz mumkin.

Agar bola qo‘shimcha ovqatlanayotgan bo‘lsa, unga yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar bering. Taomlar qaynatib pishirilgan holda bir xil yumshoqlikda ezilib tayyorlangan bo‘lishi kerak. 

BOLA KASALLIKKA CHALINMASLIGI UCHUN NIMA QILISH ZARUR?

Bolani 6 oylik bo‘lgunga qadar, faqat ona suti bilan parvarish qiling. Ona sutida bola uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar va himoya omillari mavjud bo‘lib, ular bola baquvvat o‘sishiga o‘rdam beradi.

Bola 6 oylik keyin uni qo‘shimcha ovqatlantiring. 

Shisha idish va so‘rg‘ichlardan foydalanmang. Chunki shisha idish toza yuvilmasligi oqibatida mikroblarning ko‘payishi uchun qulay sharoit tug‘iladi.

Bolaga har gal taomni yangi tayyorlab bering.

Bolaning idish-tovoqlarini alohida saqlang. Ularga pashshalar o‘tirmasligi uchun ustiga doka yoping.

Bolani ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘lini sovunlab yuvishga odatlantiring.

Meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qildiring.

Faqat qaynatilgan suvni ichiring.

Nuriya Idiyeva

Viloyat DPMNQ bo‘limi

epidemiolog vrach yordamchisi



SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni