SHIFOXONA ICHI INFEKSIYALARINING ETIOLOGIYASI, EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

Shifoxona ichi infeksiyasi - bemor shifoxonada davolanishi yoki tibbiy yordamga murojaat qilishi natijasida, kasallik belgilari statsionarda yoki undan chiqqandan so‘ng ambulatoriya-poliklinika muassasasida yoki uy sharoitida paydo bo‘lishidan qat’iy nazar yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan shuningdek, tibbiyot xodimining ish faoliyati davomida yuqishi oqibatida yuzaga keluvchi yuqumli kasallikdir.

Shifoxona ichi infeksiyasi lotincha pososotit, yunoncha posokoteo — shifoxona. Ushbu termin “shifoxona ichi” infeksiyasining sinonimidir. Shifoxonaga tushishdan oldin mavjud bo‘lgan infeksiyaning davomi yoki asorati bo‘lgan yuqumli kasalliklar ShII bo‘lib hisoblanmaydi. Shuning bilan birga bemordagi yuqumli kasallikdan tashqari boshqa infeksiya rivojlanishi yoki mavjud bo‘lgan infeksiya ustiga yangi qo‘zg‘atuvchining qo‘shilishi (paydo bo‘lishi) ShII deb baholanadi.

Shifoxona ichi infeksiyasi qo‘zg‘atuvchilari o‘z tuzilishiga ko‘ra viruslardan tortib bir xujayrali jonivorlargacha bo‘lishi mumkin. ShII qo‘zg‘atuvchilari ko‘pincha bakteriyalar, kamdan-kam holatlarda viruslar va zamburug‘lar bo‘lishi mumkin.

Shifoxona ichi infeksiyalarining epidemiologiyasi. Ko‘pchilik ShII antroponozlarga kiradi. Antropoz tabiatli ShII qo‘zg‘atuvchilar va ba’zi zooantroponozlarning manbai bemorlar, tibbiyot xodimlari, bemorni parvarish qilish uchun jalb etilgan qarindoshlar, tashrif buyuruvchilar bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda qator ShII infeksiya qo‘zg‘atuvchisining manbai sifatida tibbiyot xodimlarining  ahamiyati oshib bormoqda. Bemorlarni parvarish qilish uchun jalb etiluvchi shaxslar ShII qo‘zg‘atuvchilarining manbai sifatida bemorlar va tibbiyot xodimlaridan keyin 3 o‘ringa qo‘yildi.

ShII ortib borishi quyidagi qamrovli omillar bilan bog‘liqdir: - holsizlangan bemorlar va doimo hamda yaqindan bemorlar bilan muloqotda bo‘luvchi tibbiyot xodimlarining katta zichligiga ega bo‘lgan o‘ziga xos ekologiyaga ega bo‘lgan yirik shifoxona komplekslarining barpo etilishi; - qo‘zg‘atuvchilarni invaziv aralashuvlar, davolash va diagnostik tibbiy muolajalar, tibbiy apparaturaning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sun’iy yuqish yo‘llarining shakllanishi; - infeksiyaning yashirin shakllari bo‘lgan yoki tashuvchilari bo‘lgan mijozlar, tibbiyot xodimlari, bemorlar ko‘rinishida bo‘lgan ShII doimiy manbalari; - antibiotiklarning keng qo‘llanilishi; - yuqori chidamlilikga ega bo‘lgan gospital ichi shtammlarning shakllanishi; - xavf omillari kontingenti – zamonaviy tibbiyot yutuqlari tufayli parvarish qilinadigan va davolanadigan bemorlarning ko‘payishi; - “hayotning ikkita qutbida” joylashuvchi bemorlar ulushining ortishi, bemorlar orasida keksa yoshdagilarning ko‘payishi; -  diagnostika va davolash uchun murakkab moslamalar va asboblarning keng qo‘llanilishi; - davolash muassasalarida sanitariya-gigienik tartibning buzilishi ShII bilan kasallanishning keskin ortishi va avj olishiga olib keladi.

ShII yuqish mexanizmlari va yo‘llari: Fekal-oral, havo-tomchi, transmissiv, muloqot-maishiy, parentral, vertikal, alimentar.

ShII profilaktikasi va ular bilan kurashish choralari: Infeksiya qo‘zg‘atuvchilari manbalarini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi: - mijozlar va tibbiyot xodimlari orasida bemorlar va tashuvchilarni erta va maksimal tarzda to‘liq aniqlash; - bemorlarni qabul qilishda to‘g‘ri saralash; - yiringli-yallig‘lanishli va boshqa yuqumli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni aniqlash; - tug‘ruqxonaning fiziologik bo‘limi, “toza” va yiringli jarrohlik bo‘limiga kelib tushadigan bemorlar oqimini chegaralash; - ShII bemorlarni o‘z vaqtida alohidalash hamda tegishli bo‘limlari va palatalarga o‘tkazish; - tibbiyot xodimlari orasida bemorlarni aniqlash uchun “filtr” faoliyatini tashkil etish.

Shifoxona ichi infeksiyasi profilaktikasida bir martalik vositalarning (shprislar, qon, eritmalar quyish uchun sistemalar) qo‘llanilishi artifitsial zararlanishni oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Biroq, tibbiyot vositalarining barchasi ham bir marta qo‘llanilish  uchun mo‘ljallanmagan. Markaziy sterilizatsiya bo‘limlarini (xonalar) tuzib, ularning ishonchligini fizik, kimyoviy va bakteriologik testlar yordamida tekshirish lozimdir. Dezinfeksiya tartibiga rioya etilishini uning tashkil etilishi, dezinfeksiya preparatlarini shifoxonaga tushgan vaqtidan boshlab ishchi eritmalarning qo‘llanilishigacha nazorat qilish zarur bo‘ladi. Dezinfeksion eritmalarni noto‘g‘ri saqlaganda va konsentratsiyasi pasaytirilgan eritmalarni qo‘llaganda ularning qo‘llanilishi o‘z mazmunini yo‘qotadi. Tug‘ruqga yordam beruvchi muassasalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish etish bo‘limlari, jarrohlik yo‘nalishidagi bo‘limlarda kamerali dezinfeksiya ham muhim ahamiyatga egadir. ShII avj olishini oldini olish uchun oziq-ovqat bloklari faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sotish, ayniqsa, sut va go‘sht mahsulotlari, tuxum mahsulotlari, salatlar, venegretlarni sotish ustidan nazorat o‘rnatish muhimdir.  Qon bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari (muolaja hamshiralari, jarrohlar, akusherginekologlar, stomatologlar, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, qon quyish stansiyalarining xodimlari) V gepatitga qarshi emlanishi lozimdir. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan gigienik qoidalarga so‘zsiz rioya etilishi talab etilishi kerak bo‘ladi. Qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish kabi oddiy muolaja kasallanishni 20-50% kamaytirishi mumkin.

Epidemiologik nazorat. ShII epidemiologik nazoratning tizimi o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi: - ShII hisobga olish va ro‘yxatga olish; - ularning etiologik tarkibini aniqlash; - DPM tashqi muhit ob’ektlarini sanitar bakteriologik tekshirish; - patogen va shartli patogen organizmlarning sirkulyatsiyasini o‘rganish; - mikroorganizmlarning tarqalish kengligi hamda antibiotiklar, antiseptiklar va dezinfektantlarga chidamlilik spektrini aniqlash; - tibbiyot xodimlarining salomatlik holati (kasallanishi, epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarni tashuvchanligi) ustidan nazorat qilish; - DPM sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi tartibga rioya etilishini nazorat qilish; - ShII bilan kasallanishning tahlil qilinishi (joriy va retrospektiv) qo‘zg‘atuvchilarning manba’i, yuqish yo‘llari va omillari, shuningdek, qo‘shimcha zararlanish to‘g‘risida xulosaga kelish imkoniyatini beradi.

 

Nuriya Idiyeva

Viloyat DPMNQ bo‘limi

Epidemiolog vrach yordamchisi


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni