Mustaqillik bayrami munosabati bilan boshqarmasi boshlig‘i tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar!

Qadrli Navoiyliklar!

Keyingi paytlarda aholining sanitariya va tibbiy madaniyati yuksalib borayotgani quvonarli holdir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlash, yashash muhiti xavfsizligini va inson sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada sohaga ilg‘or zamonaviy laboratoriya uskunalari, tezkor va aniq tahlilni amalga oshirish imkonini beruvchi jihozlar ajratilib, turli xil yuqumli, o‘ta xavfli kasalliklarni barvaqt aniqlash, bemorlarga tezkor tibbiy muolajani belgilash, kasallik o‘choqlarini dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya qilish ishlari mutlaqo yangi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda.

Epidemiologik vaziyatni barqaror saqlash, kasallikni oldini olishda amalga oshiriladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat aholisi o‘rtasida bir qator yuqumli va parazitar kasalliklarni umuman qayd etilmasligiga erishildi.

Milliy emlash kalendari asosida 11 xil turdagi vaksinalarning 16 yoshgacha bo‘lgan viloyat aholisining emlanishi uchun kamida 6 oylik zahirasi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi vaksina saqlash omborxonasida jahon standartlari talablari asosida saqlanishi ta’minlandi.

Hurmatli Navoiyliklar!

Sanitariya-epidemiologik barqarorlik, jamoat salomatligini saqlab turishdek mas’uliyatni zimmamizga olgan ekanmiz, bunga bor kuch-g‘ayratimiz, bilim va imkoniyatlarimizni ishga solib, g‘ayrat, shijoatimizni safarbar etish orqali erishamiz, deb va’da beramiz. Zero, xalq salomatligi, millat osoyishtaligi buyuk ne’mat bo‘lib, barcha narsadan ustun!

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga tinchlik, salomatlik, xonadonlarga farovonlik tilayman! Osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin, baxtimiz to‘kis bo‘lishini so‘rayman! Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!!

 

Zafar Azimov

Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i 


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni