Kuydirgi kasalligi

Kuydirgi kasalligi hayvonlar va odamlar uchun umumiy bo‘lgan yuqumli kasallik bo‘lib, odamlarga asosan ushbu kasallangan qoramol, qo‘y-echkilarni so‘yganda, terisini shilganda, go‘shtini maydalaganda, oshqozon-ichaklari va kalla-pochalarini tozalaganda yuqadi.

Hayvonlarga esa kasallik kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi bilan ifloslangan tuproq, suv, yem-xashak, o‘t-o‘lanlar va ayniqsa o‘t-o‘lanlarni ildizlarini yeyish jarayonida yuqadi. 

Mazkur kasallik odamda asosan 98-99 foiz holatlarda teri(kuydirgi yarasi) shaklida uchraydi.

Kuydirgi kasalligini odamlarga yuqishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

  • xonadonlarda boqilayotgan chorva mollarini hududiy veterinariya vrachlari tomonidan kuydirgi kasalligiga qarshi har yili bir marotaba albatta emlatish zarur;
  • chorva mollarini uy sharoitida so‘yish taqiqlangan. Ularni faqat qushxonalarda va so‘yish maydonchalarida, veterinariya vrachi nazorati ostida so‘yish kerak;
  • kasallangan chorva mollarini nobud bo‘lmasligi uchun, ularni uy sharoitida majburiy so‘yish zaruriyati yuzaga kelganda, bu tadbirni albatta veterinariya vrachi ishtirokida amalga oshirilishi zarur;
  • majburiy so‘yilgan chorva mollarining go‘shti, terisi va kalla-pochalarini qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatish yoki bozorlarda sotishga faqat veterinariya vrachining xulosasi asosida ruxsat beriladi;
  • veterinariya vrachi chorva mollarida kuydirgi kasalligini gumon qilsa yoki aniqlasa, bunday hayvonlarni so‘yish mumkin emas, o‘lgan mol, qo‘y tanasi veterinariya talablari asosida kuydirish yo‘li bilan yo‘qotilishi shart; 
  • mahallangizda majburiy so‘yilgan va ko‘cha-kuylarda sotilayotgan chorva mollari go‘shti xatarli bo‘lishi mumkin, shu sababdan go‘shtni faqat do‘konlardan va bozorlardan xarid qilish tavsiya etiladi, chunki ular tekshirilgan va xavfsizligi kafolatlangan bo‘ladi.

Kasallangan chorva molini so‘ygan va so‘yishda ishtirok etgan odamda bir hafta mobaynida qo‘lida yoki tanasining boshqa joylarida yara paydo bo‘lsa, darhol hududiy shifoxonaga murojaat qilishi zarur. Yarani igna yoki boshqa o‘tkir jismlar bilan teshish, ustidagi qora po‘stlog‘ini olib tashlash mumkin emas.

 

YODINGIZDA BO‘LSIN!

Yuqorida    zikr    etilgan tavsiyalarga amal qilsangiz o‘zingiz va yaqinlaringizni xavfli kasallik hisoblangan kuydirgidan asragan bo‘lasiz.

Zamira Hamroyeva

epidemiolog vrach yordamchisi

 


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni