KOICA loyihasi vakillari Navoiyda

Bugun 2024 yil 12 noyabr kuni Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyati boshqarmasida Koreya  Respublikasining KOICA loyihasi  vakillari professor Yon Te Sun, professor Li In Yon vaPak Gap Man bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i Zafar Azimov bilan viloyatda bugungi kunda yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat va kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha suhbatlashdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarga Parazitologiya bo‘lim va laboratoriya mutaxassislari Doston Shodiyev va Nigora Egamberdiyevalar tomonidan leyshmanioz kasalligi bo‘yicha viloyatdagi epidemiologik vaziyat, kasallik turlari, tashhislash va bemorlarni davolanish, kasallikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari prezentatsiya tartibida tushintirib o‘tildi. Shundan so‘ng parazitologiya laboratoriyada olib borilayotgan tahlillar bilan tanishildi.

Koreya Respublikasining KOICA loyihasi vakillari 2024 yil 13 noyabr kuni leyshmanioz kasalligi o‘chog‘ida olib boriladigan tadbirlarini o‘rganish ishlarini Nurota tumanida davom ettiradi.

Nigora Egamberdiyeva

Parazitologiya laboratoriya

vrach laboranti


 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni